Sign In
Sign In Sign Up

HANPASS

The fastest remittance service with the lowest fees
More
Image

HANGUGEODONGSEUKUL

Korean Online Course
More
Image

Bank Account & Credit Card & Loans

JB Bank helps foreigners with banking work
More
Image

HEARTY WORKS

Online Korean Phone Video Lessons
More
Image

GOLDVISA

We help you live a smart life in Korea
More
Image

DONGNAM HEALTH UNIVERSITY

Admissions Calendar
More
Image

ASSIST-ME

We can help you find jobs in Korea
More
Image

Networking uchrashuvi bor ekan.)

Page Info.

Writer Saidabror

25-02-17

60

0

본문

Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat!

Assalamu alaykum!

Hurmatli hamyurtlar,
Sizni, Koreyada Shaxsiy va Huquqiy Yoʻnalishlarni Muvaffaqiyatli Anglash deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz!

 So'zlovchilar:

Shahnoza – Jamiyatshunoslik |
Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya Xizmati mentori
Faoliyat:
    - Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya xizmati mentori
    - Seul Global Markazida 12 yillik tajriba

 Mavzu: Koreyada Oʻzlikni Topishning Ahamiyati

Jamshiddin – Huquq | Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya Xizmati mentori
Faoliyat:
    - Koreya adliya vazirligi va immigratsiya xizmati mentori,
    - "Erta moslashuv dasturi" professional instruktori,
    - Hududiy immigratsiya xizmati bo'limi qoshidagi chet ellik faollar guruhida O'zbekiston vakili.

 Mavzu: Qanday Qilib? vs Nima Uchun?

Bu safar, Koreyada uzoq yillardan beri istiqomat qilib kelayotgan, boy tajriba va koʻnikmalari bilan, Koreyadagi hamyurtlarimizga beminnat yordamlari va foydali maslahatlarini berib kelayotgan, bir-biriga yaqin sohada faoliyat yuritadigan ikki nafar soha mutaxassislarini taklif etganmiz. Balkim siz ham ularning Telegram kanallarini  kuzatsangiz kerak. Birlari Salom Koreya kanalini yuritsalar va yana birlari Seul Global Markazidagi Tajribam kanalini yuritadilar. Bu safar joylarimiz oldingidan koʻproq, bemalol doʻstlaringizni ham olib kelavering! Biz bu safargi uchrashuvimizni WAYU Koreya hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkillashtirmoqdamiz! Shu sababdan ham uchrashuv joyini kattaroq boʻlgan joyda, oʻtkazishni reja qildik.

 Sana: 2025-yil, 22-Fevral (Shanba)
⏰Vaqt: 14:00 ~ 16:00
Joy: Oʻzbekiston Elchixonasi | 주한우즈베키스탄대사관

 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin:

  Koreyada koʻplab hamyurtlarimizning muammolarini hal qilishda yordam berib kelayotgan tajribali soha mutaxassislaridan, foydali suhbatni tinglash orqali, Koreyada oʻzlikni topishning ahamiyati haqida bilib olasiz.
 Hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish
Savol-javoblar va faol muhokamalar

 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: 
https://shorturl.at/hHi05

 Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling!

Manzilni Naver xaritada koʻrish:
https://naver.me/54kIDAS5

Manzilni Kakao xaritada koʻrish:
https://kko.kakao.com/_Du2JsTLLl

Sizni uchrashuvda kutib qolamiz!
추천0

댓글목록

No comments have been posted.

Top