Korea Aviakompaniyalaridagi xavfsizlik qoidalari
Page Info.
Writer
25-02-15
65
0
본문
Janubiy Koreya aviakompaniyalari samolyotdagi yong'indan so'ng, litium-ion batareyalari bilan jihozlangan elektron qurilmalar bilan bog'liq xavfsizlik qoidalarini kuchaytirmoqda
Air Busan samolyotidagi yong‘inga yo'lovchilardan birining qo'lyukiga joylangan batareyalik elektron qurilma (powerbank) ning yonib ketishi sabab bo'lgani taxmin qilingan edi.
Aviakompaniyalar endilikda yo‘lovchilardan mobil qurilmalari va barcha batareya bilan jihozlangan elektron qurilmalarini o‘zlari bilan birga saqlashga chaqiradilar. Parvoz oldidan yo'lovchilardan elektron jihozlarini o'z yonlarida saqlashlarini yoki o'rindiq cho'ntagiga joylashlashlarini so'rab e'lon qilinadi. Ko'zlangan maqsad batareyalarning yonib ketish xavfini ko'zdan qochirmaslik.
Shuningdek, ba'zi aviakompaniyalar o'zlarining barcha uchoqlarini qo'shimcha yong'in o'chirish qurilmalari bilan jihozlamoqda. Ba'zi aviakompaniyalar bortga chiqish oldidan yo'lovchilarning qo‘l yuklarida batareyalar bor yoki yo'qligini tekshirishni joriy qilmoqda.
Biroq qonunchilik bazasi mavjud emasligi sababli bu chora-tadbirlarning samaradorligi cheklangan. Litium-ion batareyalari xavfli yuklar qatoriga kirsada, ularni havo orqali tashish taqiqlanmagan. Janubiy Koreya rasmiylari parvozlarda batareyalardan foydalanishni tartibga solishni muhokama qilmoqda va aniq chora-tadbirlar aprel oyiga qadar e'lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh: Batareyalik elektron jihozlar xavfli yonuvchanligi sabab bagaj yuklariga solinishi avvaldan taqiqlangan edi, endi qo'lyukiga solinishi ham cheklanishi mumkin.

추천0
댓글목록
No comments have been posted.